Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazida malaka oshirish mashg‘ulotlari zamonaviy yondashuvlar, amaliy tajriba va o‘zaro tajriba almashish asosida davom etmoqda.
Biologiya yo‘nalishida Zafarobod tumani 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabi biologiya fani o‘qituvchisi Doston Safarov tomonidan “Biologiya darslarida laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish” mavzusida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida laboratoriya ishlarini samarali tashkil etish, o‘quvchilarda kuzatish, tahlil qilish va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan amaliy yondashuvlar namoyish etildi.

Kimyo yo‘nalishida esa G‘allaorol tumani 44-umumiy o‘rta ta’lim maktabi kimyo fani o‘qituvchisi Mamaraximova Mashhura Davronovna hamda G‘allaorol tumani 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi kimyo fani o‘qituvchisi Isamiddinova Xusniya Abdugaffarovna tomonidan “Modda tuzilishi, xossalari va atrof-muhit muhofazasi” mavzusida master-klass tashkil etildi.

Unda yashil kimyo tamoyillari, ekologik xavfsizlik, PISA va STEAM topshiriqlari hamda dars jarayonida interaktiv metodlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Markazdagi bunday mashg‘ulotlar — bilimni tajriba bilan mustahkamlash, zamonaviy metodlarni amaliyotga olib kirish va pedagogik mahoratni yangi bosqichga ko‘tarish uchun muhim maydondir.