Tinchlikning qadriga yetish, bugungi imkoniyatlarni qadrlash va jamiyat hayotiga befarq bo‘lmaslik — taraqqiyotning muhim mezonlaridan.
Zarbdor tumanining Shodlik, Do‘stlik, Navro‘z va Yangiobod mahallalarida o‘tkazilgan targ‘ibot uchrashuvlarida aynan shu g‘oyalar markazda bo‘ldi.
Muloqotlarda yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, aholi farovonligi, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda fuqarolik faolligini kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Ochiq va samimiy uchrashuvlar aholining fikri, taklifi va tashabbusiga e’tibor — taraqqiyotning eng muhim tayanchi ekanini yana bir bor namoyon etdi.