Zarbdor tumanining Shodlik, Do‘stlik, Navro‘z va Yangiobod mahallalarida aholi bilan targ‘ibot uchrashuvlari o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda tinchlik va osoyishtalikni qadrlash, shukronalik tuyg‘usini mustahkamlash, yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari markaziy mavzu bo‘ldi.

Muloqotlarda Jizzax viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi boshlig‘i, O‘zLiDeP Jizzax viloyati kengashi raisi Erkin Xalmatov, Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi rahbari Ijod Axmedov, Jizzax politexnika instituti dotsenti Shuhrat Turatov, “Ayol ma’rifati” jamoatchilik tuzilmasi raisasi Durdona Abdualiyeva, mahalla faollari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Ochiq muloqot davomida hududlardagi bunyodkorlik ishlari, aholi va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, fuqarolik faolligi hamda jamiyat taraqqiyotiga daxldorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Ishtirokchilar o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar. Bunday uchrashuvlar aholi bilan yaqin muloqotni kuchaytirish, hamjihatlik va faol fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashga xizmat qiladi.