Bugun markazimizda kimyo fani o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan rivojlantiruvchi malaka oshirish kursi doirasida navbatdagi amaliy master-klass mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulotni Jizzax shahar 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining oliy toifali kimyo fani o‘qituvchisi, A+ milliy sertifikat sohibi Raimqulov Zoir Rabbimqul o‘g‘li olib bordi.
Master-klass “Ion almashinish reaksiyalari” mavzusini samarali o‘qitish masalasiga bag‘ishlandi. Mashg‘ulot davomida nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, murakkab mavzularni o‘quvchilarga sodda va tushunarli yetkazishning samarali usullari namoyish etildi.
Ayniqsa, milliy sertifikat imtihonlarida uchrashi mumkin bo‘lgan masalalar, ularni yechish strategiyalari, mavzu bo‘yicha amaliy tajribalar hamda interfaol va qiziqarli metodlar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Bunday master-klasslar — ilg‘or pedagogik tajribani ommalashtirish, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish va dars jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni olib kirishda muhim amaliy maydondir.
Bilim — tajribada sinaladi, tajriba esa mahoratga aylanadi!