Bugungi ta’lim tizimi pedagogdan nafaqat mavjud bilim va tajribaga tayanishni, balki doimiy izlanish, yangilikka intilish va kasbiy mahoratini muntazam oshirib borishni talab etadi.

Ayni kunlarda Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi xodimlari O‘. Muhammadov, M. Ibragimov, S. O‘razboyev, shuningdek, fan metodistlari G. Yuldasheva va N. Xasanova Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida tashkil etilgan malaka oshirish jarayonlarida faol ishtirok etmoqda.

Mashg‘ulotlar zamonaviy pedagogik yondashuvlar, ilg‘or tajribalar va amaliy tavsiyalar asosida tashkil etilib, har bir mavzu ishtirokchilar uchun yangi bilim va yangi qarashlar maydoniga aylanmoqda. Jarayonda faol muloqot, fikr almashish, zamonaviy metodlarni o‘rganish va ularni amaliyotga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bunday o‘quv jarayonlari mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish bilan birga, hududlarda metodik xizmat sifatini yanada yuksaltirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va ta’lim jarayoniga yangi mazmun olib kirishga xizmat qiladi.

Izlanish bor joyda rivojlanish, tajriba bor joyda esa mahorat yuksaladi. Har bir yangi bilim — ta’lim sifati sari tashlangan muhim qadamdir.