Markaz haqida

Mazkur markaz dastlab 1974-yilda “Jizzax viloyati o‘qituvchilar malakasini oshirish instituti” nomi bilan tashkil etilgan.

Vazirlar  Mahkamasining  2005-yil  25-fevraldagi  “Pedagog  kadrlarni  qayta  tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 25-sonli qaroriga asosan Jizzax viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti;

Vazirlar  Mahkamasining  2014-yil  15-avgustdagi  “Xalq  ta’limi  xodimlarini  qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida” 234-sonli qaroriga asosan Jizzax viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti”;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 26-sentyabrdagi PQ-3289-son Qaroriga asosan Jizzax Davlat Pedagogika instituti huzuridagi Jizzax viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi”;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-sentyabrdagi PQ-3931-11son Qaroriga asosan Jizzax viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi”;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “2022-2026-yillarda xalq ta’limi tizimini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida” PF-134-son  farmoniga asosan Jizzax viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi”;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-231-son Qarori asosida Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazi” nomi bilan faoliyat yuritib kelmoqda.

Ayni vaqtda markaz 74 nafar ishchi-xodimlar jamoasi bo‘lib, 30 shtat birligida 28 nafar professor-o‘qituvchilar ish faoliyatini olib boradi. Asosiy shtatga nisbatan  ilmiy salohiyat 2022-yilda 28 %, 2023-yilda 33,3 %, 2024-yilda 38,9 %, 2025-yilda 33,3 % ni tashkil etmoqda. So‘nggi yillarda 1 ta DSc, 10 ta PhD ilmiy darajasi, 7 ta dotsent unvonlari ham shu markazning yutug‘idir.

Ta’lim sifatini oshirish, xalqaro ilg‘or tajribalarni amaliyotga keng joriy etish maqsadida markazning Singapur, Filippin, Rossiya, Qozoqiston, Qirg‘iziston davlatlari hamda respublikamizning ilg‘or oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorligi yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, xorijiy hamkorlik ishlari sifatida Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti, Hindistonning SAMBHRAM universiteti Jizzax filiali, Kazan davlat universiteti Jizzax filiali bilan memorandum imzolangan.

Ilmiy va uslubiy hamkorlik aloqalarini A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat  milliy instituti, Samarqand, Surxondaryo, Navoiy, Toshkent, Namangan viloyati pedagogik mahorat markazlari, O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali, Jizzax davlat  pedagogika universiteti, Jizzax Politexnika instituti, Samarqand davlat universitetlari bilan keng yo‘lga qo‘ygan.

Pedagogika markazida so‘nggi ikki yilda 4 ta xalqaro va respublika  ilmiy-amaliy anjumani muvaffaqiyatli tashkil etildi. Markaz professor oqituvchilari tomonidan 200 dan ortiq OAK e’tirof etgan xalqaro va Respublika miqiyosidagi ilmiy jurnallar,  xalqaro va  Respublika miqiyosida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda maruzalar qilinib, maqolalar chop ettirilgan bo‘lsa, 40 dan ortiq metodik materiallar tayyorlanib, nashrdan chiqarildi. Jumladan 9 ta darslik, 10 ta o‘quv qo‘llanma, 5 ta monografiyalar nashr etildi.

Markazda tinglovchilar bilan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni sifatli tashkil etish maqsadida 100 o‘rinli faollar zali tashkil etildi.

director
Direktorga murojaat qilish
Murojaat qilish
Markazning Telegram‘dagi rasmiy kanalini kuzatib boring