Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida “Ta’limda inklyuziya va ehtiyojlarga asoslangan yondashuv” 1.4-moduli doirasida “Inklyuziv ta’limning pedagogik-psixologik va metodologik asoslari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
Mahorat darsida Jizzax davlat pedagogika universiteti Maxsus pedagogika ixtisosligi bo‘yicha 1-bosqich tayanch doktoranti Yalgasheva Zilola ishtirok etib, inklyuziv ta’limni tashkil etishning ilmiy-pedagogik asoslari, ta’lim oluvchilarning individual ehtiyojlarini hisobga olish hamda zamonaviy metodik yondashuvlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Mashg‘ulot davomida nazariy qarashlar amaliy misollar bilan uyg‘unlashtirilib, pedagoglarning inklyuziv ta’lim bo‘yicha kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi tavsiyalar berildi.
Mazkur mahorat darsi ta’lim jarayonida teng imkoniyat, individual yondashuv va sifatli pedagogik qo‘llab-quvvatlash tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.