“Boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi tomonidan fan oyligi doirasida markaz tinglovchilari uchun mazmunan boy, zamonaviy va ko‘tarinki ruhdagi tadbirlar tashkil etildi. Tonggi motivatsion kutib olish jarayonlari, interaktiv o‘yinlar, kayfiyatni ko‘tarishga qaratilgan turli metodlar hamda musiqiy dasturlar tinglovchilarda ijobiy kayfiyat va ta’lim jarayoniga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.

Mazkur tashabbus orqali ta’lim muhitida samimiy muloqot, ijodkorlik va faol ishtirokni qo‘llab-quvvatlash, tinglovchilarning kasbiy rivojlanishiga ijobiy ruhiy muhit yaratish maqsad qilindi.

Zamonaviy ta’lim — nafaqat bilim berish, balki ilhomlantirish, motivatsiya berish va rivojlanish uchun qulay muhit yaratishdir.