
Bugungi ta’lim jarayonida yangi avlod darsliklaridan samarali foydalanish, zamonaviy pedagogik metodlarni amaliyotga tatbiq etish hamda o‘quvchilarning ta’lim natijalarini yuksaltirish — har bir pedagog oldidagi muhim vazifalardan biridir.
Shu maqsadda Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi tomonidan tabiiy fanlar yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan pedagoglar uchun navbatdagi ilmiy-metodik vebinar tashkil etiladi.
Vebinar mavzusi:
“Tabiiy fanlar ta’limi: yangi darslik, yangi metod, yangi natija”
Sana: 2026-yil 9-sentabr
Vaqt: 14:30
Platforma: ZOOM
Vebinarga quyidagi havola orqali ishtirok etishingiz mumkin:
https://us06web.zoom.us/j/3537205473?pwd=5aUohPOtkmAYtxxVuT2JiuUblvhBjd.1
Konferensiya identifikatori: 353 720 5473
Kirish kodi: 2026
Yangilanayotgan ta’lim mazmuni, zamonaviy metodik yondashuv va amaliy tajriba — sifatli ta’lim sari muhim qadamdir.
Barcha tabiiy fanlar pedagoglarini vebinarda faol ishtirok etishga taklif etamiz!