2026-yil 27-avgust kuni Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazi “Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari” kafedrasi tashabbusi bilan “Oligofrenopedagogika” yo‘nalishi qayta tayyorlov kurslari tinglovchilari uchun ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Maxsus pedagogika” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Feruzaxon Qodirova tomonidan “Inklyuziv va korreksion ta’limda innovatsion texnologiyalar” mavzusida hamda Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Maxsus pedagogika” kafedrasi dotsenti Shoira Abdujalilova tomonidan “Inklyuziv ta’lim va jamiyat taraqqiyotida pedagogning roli” mavzusida trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida zamonaviy interfaol metodlar, innovatsion yondashuvlar va ularni maxsus ta’lim jarayoniga samarali tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tinglovchilar bir qator metodlarni bevosita amaliyotda sinab ko‘rib, yangi kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, “Inklyuzivmaster” brendi asosidagi onlayn kurslar orqali tinglovchilarning diagnostik, metodik va kasbiy mahoratini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Yangi metodlar. Yangi tajriba. Yangi hamkorlik.