Ba’zan bir g‘oyani so‘z bilan emas, ramz bilan ifodalash mumkin. Biz bugun ana shunday ramziy tasvir orqali Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi va Kelajak markazini bir maqsad, bir ezgu niyat sari intilayotgan hamkor muassasalar sifatida ifodaladik.

Davlat mustaqilligining 35 yilligi — tariximizga nazar tashlash, bugungi yutuqlarimizni qadrlash va ertangi kun oldidagi mas’uliyatimizni yana bir bor anglash fursati.

Qush qanot yozib yuksalgani sari manzarani kengroq ko‘radi. Biz ham «qush parvozi balandligi»dan o‘z faoliyatimizga nazar tashladik.

Ko‘z oldimizda esa bir maqsad mujassam: mustaqil Vatanimizni yanada mustahkamlash, ta’lim sifatini yuksaltirish va yurtimizga munosib, salohiyatli kadrlarni tayyorlashga hissa qo‘shish.

Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi — bugungi pedagogning kasbiy salohiyatini oshirishga, Kelajak markazi esa yosh avlodning orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.

Ikki markaz. Bir maqsad. Bir Vatan. Bir ezgu niyat.

Parvozimiz baland, niyatlarimiz ulug‘!

Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!