Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazi 2025–2026-yillarda ta’lim sifati va pedagoglarning kasbiy rivojini oshirish yo‘lida izchil faoliyat olib bordi.

Markazning Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limida 20 nafar metodist va 8 ta o‘quv-metodik kengash faoliyat yuritmoqda. Jamoa tarkibida 3 nafar PhD, 15 nafar malaka toifali metodist va 7 nafar “Xalq ta’limi a’lochisi” bor.

2024–2026-yillarda 2 ta darslik, 5 ta o‘quv qo‘llanma va 1 ta monografiya nashr etilib, “Menejment.uz” platformasi uchun patent olindi.

Yil davomida kasbiy rivojlanish va metodik mahorat tadbirlari, seminarlar, master-klasslar hamda dars tahlillari tashkil etildi. 19 ta maktabning PISA va PIRLS xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarligi qo‘llab-quvvatlandi.

Metodik xizmat raqamlashtirilib, “Bilim sari bir qadam” Telegram boti orqali pedagoglarga zamonaviy metodik yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.

Erishilgan natijalar — bilim, izlanish va jamoaviy mehnat samarasi.