Jizzax shahridagi 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Yil o‘qituvchisi–2026” kasbiy ko‘rik-tanlovining III bosqichi bo’lib o‘tmoqda.

Tanlovda viloyatning 13 ta tuman va shahridan saralangan 26 nafar ilg‘or pedagog kasbiy mahorati, bilim salohiyati, pedagogik tajribasi hamda ustozlik fazilatlarini namoyon etmoqda.

Ayni paytda ishtirokchilar tavsiya etilgan adabiyotlar asosida kitobxonlik yo‘nalishidagi test sinovlarida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazmoqda.

Sinov natijalari eng munosib va bilimdon pedagoglarni aniqlashda asosiy mezonlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.