Ayni paytda Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazida “Yil o‘qituvchisi–2026” kasbiy ko‘rik-tanlovining III bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur bosqichda hududlardan saralab olingan pedagoglar o‘zlarining ma’naviy-ma’rifiy faoliyati hamda kitobxonlik darajasini namoyon etib, yakuniy sinovlarda ishtirok etadilar.
Nizomga ko‘ra:
Tanlov uch bosqichda o‘tkaziladi: I bosqichda nomzodlarning mutaxassislik fani, pedagogik mahorati va kasb standarti bo‘yicha nazariy bilimlari baholansa, II bosqichda ular o‘z fanidan dars o‘tish mahoratini namoyon etadi.
III (yakuniy) bosqichda esa nomzodning ma’naviy-ma’rifiy faoliyati samaradorligi hamda kitobxonligi taqdimot asosida hakamlar hay’ati tomonidan 100 balllik tizimda baholanadi.
Barcha bosqichlarda to‘plangan ballar jamlanib, tuman miqyosida eng yuqori ball to‘plagan nomzod g‘olib deb topiladi.
Tanlov g‘oliblari QR-kodli sertifikat va bazaviy hisoblash miqdorining 1400 baravariga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Tanlovning asosiy maqsadi — ilg‘or, tashabb uskor va ijodkor o‘qituvchilarni aniqlash, ularning mehnatini munosib rag‘batlantirish hamda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishdir.