“Yil o‘qituvchisi” tanlovi: Hal qiluvchi bosqich boshlanmoqda!
28–30-iyul kunlari tanlovning uchinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Unda respublikamizning barcha hududlaridan kelgan 416 nafar pedagog o‘z mahoratini namoyish etadi.
Muhim tafsilotlar:
G‘oliblar: 208 nafar ustoz aniqlanadi.
Mukofot: Vazirlar Mahkamasining 264-son qaroriga asosan, har bir g‘olib 576 million 800 ming so‘m (BHMning 1400 baravari) miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Baholash tizimi (100 ball):
Ma’naviy-ma’rifiy faoliyat (20 ball) — shaxsiy rivojlanish va tashabbuslar taqdimoti.
Kitobxonlik testi (80 ball) — 40 ta savoldan iborat test sinovi.
Ustozlarimizga ushbu nufuzli bosqichda omad tilaymiz!