2025-2026-o‘quv yilining 9-11-sentyabr kunlari A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish” soati doirasida master-trenerlar uchun treninglar tashkil etilmoqda.

🗣 Tadbirda 11 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha A.Avloniy nomidagi institut hamda hududiy pedagogik mahorat markazlaridan master-trenerlar ishtirok etmoqda.

Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi delegatsiyasi mazkur jarayonda faol ishtirok etib, pedagog kadrlar kasbiy mahorat va bilim salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlamoqdalar.

Jizzax viloyati PMM matbuot xizmati