«Dolzarb 90 kun» loyihasi doirasida Baxmal tumanidagi 71 – umumiy o’rta ta’lim maktabida o’quvchilar uchun navbatdagi mazmunli va qiziqarli mashg’ulotlar tashkil etildi.
Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi rahbariyatining tashabbusu bilan maktabga maxsus avtokarvon tashrif buyurdi — va bu tashrif bolalar uchun oddiy bir kun emas, balki yozgi ta’tilning eng yorqin sahifasiga aylandi.
Atraktsionlar, ko’ngilochar interaktiv o’yinlar va sovg’alar bolalarning kunini bayramga aylantirdi. Xotirani charxlovchi mashqlar, intellektual bellashuvlar hamda mazmunli mashg’ulotlar o’quvchilarning kunini bilim va kashfiyotlarga boy taassurotlarga to’ldirdi.
Tabiiy fanlar, ingliz tili hamda texnoligiya yo’nalishlarida olib borilgan interektiv o’yinlar davomida bolalar yangi bilimlarni o’zlashtirib, mantiqiy fikrlash, jamoada ishlash va tezkor qaror qabul qilish ko’nikmalarini rivojlantirdilar. Eng muhimi — har bir o’quvchining ko’zidagi nur, izlanuvchanlik va bilimga bo’lgan ishtiyoq bu loyihaning eng go’zal natijasi bo’ldi.
Ana shunday quvonch va intilishlar yozgi ta’tilning har bir kunini mazmunli va unutilmas lahzalarga aylantirmoqda.
«Dolzarb 90 kun» — davom etmoqda!