Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligining Jizzax viloyati innovatsion rivojlanish boʻlinmasi bilan hamkorlikda yosh olimlar va professor-oʻqituvchilar uchun xalqaro ilmiy stajirovka dasturlariga bagʻishlangan uchrashuv tashkil etildi.
AQSH, Germaniya, Koreya Respublikasi, Singapur va Ozarbayjonning nufuzli oliy taʼlim hamda ilmiy markazlarida malaka oshirish imkoniyatlari haqidagi maʼlumotlar ishtirokchilarda katta qiziqish uygʻotdi. Uchrashuv davomida dasturlarda ishtirok etish tartibi, talablar va hujjat topshirish muddatlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Bugun ilm-fan maydonida muvaffaqiyat qozonish uchun nafaqat bilim, balki xalqaro tajriba ham muhim. Ana shunday imkoniyatlar esa yangi gʻoyalar, yangi hamkorliklar va yangi ufqlar sari yetaklaydi.
#JizPMM #XalqaroStajirovka #YoshOlimlar #InnovatsionRivojlanishAgentligi #YangiBilimYangiUfqlar