Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi “Akademik faoliyatni muvofiqlashtirish”, “Uzluksiz ta’limni tashkil etish” hamda “Ijro intizomi” bo‘limlari oyligi doirasida tashkil etilgan tadbirlar, o‘quv mashg‘ulotlari va ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarda faol ishtirok etgan tinglovchilar munosib e’tirof etildi.

Oylik davomida ta’lim jarayonlaridagi faolligi, tashabbuskorligi, ijodiy yondashuvi va kasbiy rivojlanishga bo‘lgan intilishi bilan ajralib turgan pedagoglar markaz rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Mazkur e’tirof pedagoglarning o‘z ustida ishlash, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash hamda ta’lim sifatini yuksaltirish yo‘lidagi sa’y-harakatlariga berilgan yuksak baho bo‘lib, kelgusidagi muvaffaqiyatlar uchun muhim rag‘bat vazifasini o‘taydi.

Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi barcha tinglovchilarga kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar va yangi yutuqlar tilaydi !