Jizzax viloyati direktorlar kengashi tashabbusi bilan viloyat ta’lim muassasalari rahbarlaridan iborat guruh Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomon yo‘l oldi.
Bu tashrif nafaqat tarixiy meros bilan tanishish, balki buyuk ajdodlarimiz qoldirgan ilmiy-ma’naviy xazinadan bahramand bo‘lish imkoniyatidir.
Bugun ta’limni boshqarayotgan rahbarlar ertangi kun avlodini tarbiyalamoqda. Shu bois ularning ma’naviy dunyosi, tarixiy xotirasi va milliy qadriyatlarga munosabati har qachongidan ham muhim. Islom sivilizatsiyasi markaziga uyushtirilgan mazkur sayohat ana shu ezgu maqsadlarga xizmat qilib, ishtirokchilar uchun yangi bilimlar, teran taassurotlar va ilhom manbai bo‘lishi kutilmoqda.
Bu safar oddiy ekskursiya emas, balki milliy o‘zlik, boy tarix va ma’rifat bilan yuzma-yuz muloqot qilish imkoniyatidir...