Baxmal tumanidagi 71-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi tashabbusi bilan ingliz tili va informatika yo‘nalishlarida to‘garak mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yildi. Mashg‘ulotlar o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Ingliz tili to‘garaklarida o‘quvchilar qiziqarli topshiriqlar va interfaol metodlar orqali til o‘rganish sirlarini egallayotgan bo‘lsa, informatika mashg‘ulotlarida zamonaviy raqamli texnologiyalar, kompyuter savodxonligi hamda dasturlash asoslari bilan yaqindan tanishmoqdalar.
Bilimga intilgan yoshlar bilan har bir mashg‘ulot yangi tajriba va yangi imkoniyatlar sari ochilgan eshikdir. Yosh avlodning intellektual salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan bunday tashabbuslar kelajak poydevorini bugundan mustahkamlashga xizmat qiladi.
#JizzaxPMM #YozgiTa’til #BilimSari #InglizTili #Informatika #YoshlarKelajagi