Tong nurlari ostida Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida o’ziga xos bayram kayfiyati hukm surdi…

Markazning boshlang’ich ta’lim o’qituvchilari (qirg’iz sinflar uchun) va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari kursi tinglovchilari tonggi motivatsion kutib olish tadbirini tashkil etdilar.

Tadbirda «Manas» dostonidan parcha yangradi, qirg’iz milliy urf-odatlari ko’rgazmasi, jonli qo’shiq va raqslar namoyish etildi. Ko’zni quvontiruvchi milliy liboslar tadbirga betakror go’zallik bag’ishladi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari esa qadimiy mehnat qurollari va yog’och o’ymakorligiga oid noyob asbob-uskunalar ko’rgazmasi orqali ajdodlar zahmatini, hunar va mehnat qadrini yorqin ifoda etdilar.

Bir maskanda turli xalqlarning tili va qo’shig’i bir-biriga qo’shilib, do’stlik va birodarlikning eng go’zal kuyini yangratdi.