Maktabgacha ta’lim tizimida xalqaro tajribani joriy etish va pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish maqsadida Toshkent shahrida ISSA hamda UNICEF hamkorligida milliy trenerlarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv seminar tashkil etildi.

Mazkur nufuzli treningda Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi maktabgacha ta’lim metodisti Turaxujayeva Madina Norpo‘latovna ham faol ishtirok etib, zamonaviy pedagogik yondashuvlar va ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘zlashtirmoqda.

Trening davomida egallanayotgan bilim va ko‘nikmalar kelgusida hududdagi pedagoglar faoliyatiga tatbiq etilib, maktabgacha ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.