Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi fizika fani kursi tinglovchilari iqlim o‘zgarishlariga moslashuv masalalariga ilmiy yondashib, tadqiqot va loyiha faoliyati orqali o‘zlarining ijodiy salohiyati hamda amaliy yechimlarini namoyon etdilar.

Plastik chiqindilarni qayta ishlash, muqobil energiya manbalari, yomg‘ir suvidan oqilona foydalanish, chiqindi suvlarni qayta ishlash va shahar infratuzilmasiga oid innovatsion takliflar tinglovchilarning fizika va astronomiya fanlarini hayotiy muammolar bilan bog‘lay olishini yaqqol ko‘rsatdi.

Tadqiqot va loyiha faoliyati yosh avlodda ilmiy dunyoqarashni kengaytirish, tahliliy fikrlashni rivojlantirish, muammolarga kreativ yechim topish hamda innovatsion tafakkurni shakllantirishning muhim omillaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

Izlanish, hamkorlik va yangicha qarashlar uyg‘unlashgan ushbu tajribalar ta’limda tadqiqotga asoslangan yondashuvning amaliy ahamiyatini yana bir bor namoyon etdi.