Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikalari kafedrasi katta o‘qituvchisi Pardayev Jaloliddin Ahrorqul o‘g‘lining tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishi himoyasi e’lon qilindi.

“O‘zbekistonning ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaga qo‘shgan hissasi” (Jizzax viloyati misolida) mavzusidagi mazkur ilmiy tadqiqot yurtimiz tarixining muhim sahifalarini chuqur o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, tarixshunoslik sohasidagi dolzarb masalalarni yoritishi bilan ahamiyatlidir.

Bu yangilik nafaqat muallifning ko‘p yillik ilmiy izlanishlari samarasi, balki markazimiz ilmiy salohiyatining yana bir munosib natijasi sifatida ham e’tirof etiladi. Markaz rahbariyati va jamoasi Pardayev Jaloliddin Ahrorqul o‘g‘liga bo‘lajak himoyada muvaffaqiyat, ilmiy faoliyatida yangi yutuqlar va yuksak marralar tilaydi.

Ilmga sadoqat va izlanishga bo‘lgan intilish albatta o‘zining munosib e’tirofini topadi!