Amaliy fanlar va maktabgacha ta’lim metodikalari kafedrasi fan oyligi doirasida Texnologiya fani o‘qituvchilari kursida navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi.

Zominlik tajribali pedagog, oliy toifali texnologiya fani o‘qituvchisi Usarova Muqaddas tomonidan olib borilgan mashg‘ulot “Xalq hunarmandchiligi moduli: murakkab modellashtirish usullarini o‘qitish” mavzusiga bag‘ishlandi.

Mahorat darsi davomida milliy hunarmandchilik elementlarini zamonaviy pedagogik yondashuvlar bilan uyg‘unlashtirish, amaliy faoliyat orqali o‘quvchilarning ijodiy fikrlashi va mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish usullari namoyish etildi. Ayniqsa, 4K ko‘nikmalari — kreativlik, kommunikativlik, hamkorlik va kritik tafakkurni shakllantirishga qaratilgan metodlar tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Ijod, tajriba uyg‘unlashgan ushbu mashg‘ulot ta’lim jarayonida zamonaviy metodlarning amaliy ahamiyatini yana bir bor namoyon etdi.