Bugun — bilim, mehnat va qat’iyat sinovdan o‘tadigan kun. Yakuniy nazorat hamda malaka ishi himoyalari jarayonlari har bir tinglovchining bosib o‘tgan yo‘lini namoyon etadi. Bu — oddiy jarayon emas, bu — izlanish, mehnat va intilishlarning haqiqiy natijasidir.

Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida aprel oyi kurs tinglovchilari uchun yakuniy testlar, mikro darslar va loyiha taqdimotlari o‘tkazilmoqda.

Bugun taqdir emas — bilim hal qiladi.