Baxmal tumani ixtisoslashtirilgan maktabida o‘tgan «SAMARALI RAHBAR STRATEGIYASI» seminari tuman ta’limi uchun yangi davrni boshlab berdi. Bu shunchaki tadbir emas, balki muammolarga aniq yechim va yangicha yondashuv maydoni bo‘ldi!
Seminarning asosiy natijalari:
D.B. Xamdamova tomonidan maktablar holati tahlil qilinib, rivojlanishning «yo‘l xaritasi» belgilab berildi.
Liderlik va boshqaruv: Rahbar shaxsiy samaradorligi, loyihaviy boshqaruv va moliyaviy shaffoflik bo‘yicha amaliy «keyslar» taqdim etildi.
Ruhiy muhit: Jamoada sog‘lom muhit yaratish orqali yuqori reytingga erishish usullari o‘rgatildi.
Maqsad aniq: Qog‘ozdagi hisobotlardan voz kechib, amaldagi natijaga erishish! Baxmalning yangi tayinlangan direktorlari endi maktablarga strategik lider sifatida qaytishmoqda.
Baxmal tajribasi davom etadi! Keyingi manzil tez orada e’lon qilinadi.