Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari kafedrasi “KAFEDRA OYLIGI” doirasida zamonaviy va interaktiv ruhda tashkil etilgan “Zakovat shou” bo‘lib o‘tdi.

Intellektual bellashuvda jami 8 ta jamoa ishtirok etib, bilim, mantiqiy fikrlash va tezkorlik borasida o‘zaro kuch sinashdilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakunida g‘oliblar aniqlandi:

1-o‘rin — Ona tili va adabiyoti kursi tinglovchilari
2-o‘rin — Ma’naviyat asoslari kursi tinglovchilari
3-o‘rin — Matematika kursi tinglovchi

Mazkur tadbir “Kafedra oyligi” doirasidagi eng faol va esda qolarli loyihalardan biri bo‘lib, u zamonaviy “Zakovat party” formatida o‘tkazilgani bilan ishtirokchilarga alohida kayfiyat va ilhom bag‘ishladi.

 Intellektual muhit — rivojlanishning eng muhim omili!