Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazining yangi binosi hamda unda yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan tanishish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va o‘zaro tajriba almashishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuv davomida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan muhim masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Tashrif yakunida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi.