Bugun, 2026-yil 14-aprel kuni Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazida “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, matematika fani o‘qituvchilari kursi tinglovchilari hamda O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali “Amaliy matematika” kafedrasi dotsenti Sobir Xoljigitov ishtirokida mazmunli uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir davomida Sobir Xoljigitov tomonidan “Matematika darslarini loyihalash asoslari” mavzusida qiziqarli mahorat darsi va davra suhbati o‘tkazildi.
Ishtirokchilar loyiha asosida dars tashkil etish, zamonaviy metodlarni qo‘llash hamda o‘quvchilarda ijodkorlik va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha muhim bilim va tajribalar orttirdilar.
Mazkur uchrashuv barcha qatnashchilar uchun samarali va ilhomlantiruvchi bo‘ldi!