Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari kafedrasi oyligi doirasida navbatdagi erta tonggi motivatsion kutib olish tadbiri yuqori kayfiyat va ijodiy ruhda o‘tkazildi.
Tadbir davomida milliy kuy-qo‘shiqlar, jonli ijrolar va raqslar orqali tinglovchilarga ko‘tarinki ruh, bahoriy iliqlik hamda yangi energiya ulashildi. Milliy liboslar jozibasi esa muhitga alohida nafislik va madaniy go‘zallik bag‘ishladi.
Bu kabi jonli va dinamik muhit har bir ishtirokchiga yangi kunni ilhom bilan boshlash, ijodiy yondashuvni kuchaytirish hamda kasbiy rivojlanishga motivatsiya beradi.
Har bir tong — yangi g‘oya, yangi imkoniyat va yangi yutuqlarga ochilgan eshikdir.