Ushbu tashrif davomida JIZZAX VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZI va NAMANGAN VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZI o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Eng muhimi, ikki hududning “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedralari o‘rtasida ham alohida hamkorlik shartnomasi tuzilib, bu jarayon yangi bosqichga ko‘tarildi.
Bu hamkorlik — shunchaki hujjat emas. Bu — tajriba almashinuvi, yangi g‘oyalar uyg‘unligi, zamonaviy metodlarning amaliy hayotga tatbiq etilishi demakdir.
Safar davom etmoqda. Oldinda — Andijon viloyati pedagogik mahorat markazi. Yangi uchrashuvlar, yangi tajribalar va yangi natijalar sari yana bir muhim qadam.