Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Islamic Development Bank hamda UNICEF hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda sifatli maktabgacha ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida trenerlar tayyorlash o‘quv-treninglari izchil davom etmoqda.

Treninglar davomida:
— zamonaviy pedagogik yondashuvlar
— andragogika tamoyillari
— pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish
— bolalar huquqlariga yo‘naltirilgan ta’lim kabi dolzarb yo‘nalishlar chuqur yoritilmoqda.

Nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirgan ushbu treninglar ishtirokchilar uchun yangi bilimlar, innovatsion g‘oyalar va zamonaviy qarashlar manbaiga aylanmoqda.

Bugungi bilim — ertangi sifatli ta’lim poydevori!