Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-sonli qarori asosida ta’lim tizimida tub yangilanishlar boshlab berildi. Ushbu muhim hujjatga ko‘ra, Prezident maktablarida to‘plangan ilg‘or tajribalarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga keng joriy etish, pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilandi.
✔️ Ana shu maqsadlar izchil davom ettirish maqsadida Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida tashkil etilgan uzluksiz kasbiy rivojlantirish (malaka oshirish) kurslari doirasida bugun Jizzax shahridagi Prezident maktabida faoliyat yuritayotgan ilg‘or va tajribali pedagoglar ishtirokida “Mahorat darslari” bo‘lib o‘tdi.
Mazkur darslar:
zamonaviy ta’lim yondashuvlarini amaliyotga olib kirish,
tanqidiy fikrlash va tahliliy ko‘nikmalarni rivojlantirish,
o‘quvchilarni hayotga tayyorlashga xizmat qiluvchi innovatsion metodlarni ommalashtirishga qaratildi.
Tajriba almashuvi, jonli muloqot va real amaliyot uyg‘unlashgan ushbu jarayon — ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam bo‘ldi.