13–14 mart kunlari mamlakatimizda o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida ham keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.
🌿 “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida tashkil etilgan hasharda markaz rahbariati, professor- o’qituvchilar va xodimlar birgalikda faol ishtirok etib, markaz hududni yanada obod va fayzli qilishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Hashar davomida markaz yangi binosi qurilishi rejalangan hududi tozalandi, tartibga keltirildi, daraxt va gul ko‘chatlari ekildi, yashil maydonlar parvarish qilindi.