Jizzax davlat pedagogika universiteti Tibbiyot fakulteti, Umumkasbiy fanlar kafedrasi dotsenti D.A.Imomova hamda Biologiya va tabiiy fanlar yo‘nalishi malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida “Tabiiy fanlarni o‘qitishda biotexnologiya yutuqlaridan foydalanish” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
Mazkur mashg‘ulot davomida zamonaviy biotexnologiya yutuqlarining ta’lim jarayoniga integratsiyasi, laboratoriya amaliyotlari orqali o‘quvchilarda ilmiy tafakkurni shakllantirish usullari hamda fanlararo yondashuv asosida samarali dars tashkil etish yo‘llari atroflicha yoritildi.
🔹 Ishtirokchilar biologiya va tabiiy fanlarni o‘qitishda innovatsion metodlar, real hayotiy misollar hamda tajribaga asoslangan o‘qitish texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar oldilar. Mashg‘ulot savol-javoblarga boy, interaktiv ruhda o‘tib, tinglovchilarning kasbiy kompetensiyalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
🌿 Ushbu mahorat darsi tabiiy fanlarni o‘qitishda ilmiy yangiliklarni amaliyotga tatbiq etish, pedagoglarning metodik salohiyatini oshirish va sifatli ta’limni ta’minlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.