Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi tomonidan “Navoiy merosi — ma’naviyat va tafakkur chirog‘i” mavzusida mazmunli davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat jarayonida buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning boy adabiy merosi, insonparvarlik g‘oyalari, ilm-fan va tarbiya haqidagi teran qarashlari chuqur tahlil qilinib, ularning bugungi ta’lim jarayonidagi ahamiyati keng yoritildi. Ishtirokchilar Navoiy asarlaridagi yuksak ma’naviy qadriyatlar, komil inson tarbiyasi va milliy o‘zlikni anglash masalalari yuzasidan faol fikr almashdilar.
Tadbir tinglovchilarda milliy merosga sadoqat, ma’naviy tafakkur yuksalishi va adabiyotga bo‘lgan qiziqishni yanada mustahkamlab, Navoiy g‘oyalarining zamonaviy ta’lim bilan uyg‘unligini yana bir bor namoyon etdi.