Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazi Boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasida tashabbusi bilan mazmunli va ilhomlantiruvchi mahorat darsi tashkil etildi.


Unda Jizzax davlat pedagogika universitetining Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi kafedrasi dotsenti D. Kulboyeva hamda katta o‘qituvchi Sh. Daminova ishtirok etib,“Boshlang‘ich ta’limda kreativlik tushunchasi” mavzusini chuqur yoritib berdilar.

Mashg‘ulot davomida kreativ fikrlashni rivojlantirish uchun zamonaviy metodlar, dars jarayonida ijodiy yondashuvni qo‘llash usullari, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi va tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlash yo‘llari atroflicha tahlil qilindi.

Tinglovchilar uchun nafaqat nazariy bilimlar, balki amaliy tavsiyalar, interaktiv mashqlar va innovatsion yondashuvlar ham taqdim etildi.

Mazkur mahorat darsi pedagoglarning kasbiy mahoratini yuksaltirish, boshlang‘ich ta’limda kreativ muhitni shakllantirish va sifatli ta’lim sari dadil qadam tashlashda muhim ahamiyat kasb etdi.