Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari kafedrasi tomonidan “Alisher Navoiy — buyuk mutafakkir” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbati davomida Alisher Navoiyning boy adabiy merosi, uning ilm-fan, ma’naviyat va tarbiya sohasidagi bebaho qarashlari haqida atroflicha fikr almashilib, buyuk alloma g‘oyalari bugungi ta’lim jarayonidagi o‘rni nuqtayi nazaridan yoritildi.


Mazkur davra suhbati ishtirokchilarda milliy qadriyatlarga hurmat, ma’naviy tafakkur va adabiy merosimizga bo‘lgan qiziqishni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.