Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida»gi Nizomda (https://lex.uz/docs/-3137130) umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 1-sinf o‘quvchilariga qo‘shimcha ta’til belgilanishi nazarda tutilgan.

Nizomga ko‘ra, 1-sinf o‘quvchilari uchun fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til beriladi. Ta’til muddati maktabning pedagogik kengash qarori asosida belgilanadi.